ALMASHINUV DASTURI DOIRASIDA NIDERLANDIYALIK TALABAR O’ZBEKISTONDA O’QIYDILAR

24.06.2023

Niderlandiyaning Leyden universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida yangi qadam qo’yildi.

Endilikda Leyden universitetida fors tili o’rganayotgan talabalar guruhi Erasmus+ loyihasi akademik almashinuv dasturi doirasida TDSHUga o’qishga keladi.

Ayni kunlarda Leyden universitetida xizmat safariida bo‘lib turgan TDSHU rektori G.Rixsiyeva mamlakatimiz oliy ta’lim tizimidagi yangiliklar, TDSHU tarixi, bugungi kundagi faoliyat yo’nalishlari, kadrlar tayyorlash tizimi, xalqaro hamkorlik haqida Leyden universiteti soha mutaxassislariga ma’ruza qildi.

Tashrif doirasida, shuningdek TDSHUda Leyden univesiteti talabalarining 2023-2024-o’quv yili 2-semestrida fors tili guruhida ta’lim olishlari uchun o’quv rejasi muhokama qilindi. Muzokaralardan so’ng, ushbu dastur tasdiqlandi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nine − 6 =