ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI XITOYLIK HAMKORLAR BILAN QO‘SHMA TA’LIM DASTURINI AMALGA OSHIRADI

31.07.2023

Kuni kecha Xitoyning yetakchi oliygohlaridan biri bo‘lgan Nankin politexnika instituti vakillari Andijon davlat chet tillari institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tomonlar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Jumladan, akademik hamda ilmiy hamkorlik qilish borasida takliflarni muhokama qilindi. Quvonarlisi, Andijon davlat chet tillari instituti hamda Nankin politexnika instituti o‘rtasida Qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish borasida kelishuvga erishildi.

☑️ Shartnomaga muvofiq kelgusida talabalar xitoy tili bo’yicha 2+2 shaklida o’qib, qo’shma diplom olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × 5 =