ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTIDA II YOSHLAR AKADEMIYASI FORUMIGA START BERILDI

30.04.2024

Bugun, 30 aprel kuni Andijon davlat chet tillari institutida II an’anaviy Yoshlar akademiyasi forumiga start berildi.

Erta tongdan forum ishtirokchilari tantanali kutib olindi va institutda tashkil qilingan ko’ngilli yoshlardan tuzilgan gidlar xizmati yordamida mehmonlar institut bilan to’liq tanishib chiqdilar. Bundan tashqari kafedralar tomonidan tashkil qilingan ko’rgazmalar orqali ularning ish faoliyati yuzasidan umumiy xulosalarga ega bo’ldilar.