AQSHLIK MUTAXASSIS KRISTINA SMART O’zDJTUDA SEMINAR-TRENING TASHKIL ETADI

20.05.2019

Bugun, 20-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga AQSh elchixonasi vakillari tashrif buyurdi.

Mehmonlar AQSh elchixonasining Ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Kirsten Michiner va AQShning Arkanzas universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha maslahatchisi, ekspert Kristina Smart, shuningdek, AQSh elchixonasi ta’lim bo’limi xodimi Feruz Akobirov O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar.

Suhbat davomida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

  • O‘zDJTUda ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish masalalari;
  • Kristina Smart tomonidan Innovatsion markazda o‘tkaziladigan ingliz tili metodikasi bo‘yicha trening;
  • AQSh elchixonasi va AQSh Davlat Departamentining ilmiy va texnik grantlarida ishtirok etish.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish lozimki, Kristina Smart O’zDJTUda 21-maydan boshlab ingliz tili fanidan dars olib borayotgan professor-o’qituvchilar uchun seminar-treninglar tashkil qilishi rejalashtirilgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + six =