ARAB TILI HAQIDA SIZ BILMAGAN 8 FAKT

01.04.2024

Dunyoda turli tillar mavjud bo‘lib, ular qaysi oilaga mansubligi, kelib chiqishi, bu tilda so‘zlashuvchilar soni, xususiyatlari va yana boshqa ko‘plab jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bugungi maqolamiz orqali siz arab tili haqidagi noyob faktlar va bu tilning siz bilmagan xususiyatlari haqida bilib olasiz.

1. Arab tili semit tillari guruhiga mansub.

Arab tilining kelib chiqishi Arabiston yarimoroliga borib taqaladi. Musulmon dunyosi kengaygani sari arab tili Shimoliy Afrika va Gʻarbiy Osiyo bo‘ylab tarqala boshlagan.

2. Dunyo bo‘ylab arab tilida so‘zlashuvchilar soni 280 millionga yaqinni tashkil etadi.

Arab tili 26 davlatda, jumladan, Jazoir, Misr, Isroil (yahudiylar bilan birga), Livan, Marokash, Saudiya Arabistoni, Tunis va BAAda rasmiy til maqomida boʻlib, u dunyodagi beshinchi eng koʻp muloqot olib boriladigan tilga aylangan.

3. Arab tili juda ko‘p tillar rivojiga ta’sir ko‘rsatgan.

Arab tili ko‘plab tillarga, jumladan, ko‘pgina Yevropa tillariga, shuningdek, Osiyo va Afrika tillari rivojiga ta’sir ko‘rsatdi. Ingliz tilida alkogol, algebra, algoritm, o‘rtacha, konfet, karvon, paxta, jirafa, gitara, limon, jurnal, shakar va talisman kabi ko‘plab arabcha so‘zlar mavjud.

4. “Sevgi”ni ifodalovchi 14 ga yaqin so‘z bor.

Arab tilida “sevgi”ni ifodalovchi bir qancha so‘z va iboralar mavjud bo‘lib, ularning har biri oshiq bo‘lishning o‘ziga xos bosqichlarini tavsiflaydi.

5. Arab va ibroniy tillari o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Arab va ibroniy tillari semit tillari guruhiga mansub. Ularning o‘xshashligi shundaki, til xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, arab tilida so‘zlashuvchilar uchun ibroniy tilini o‘rganish oson bo‘lsa, ibroniy tilini o‘rganuvchilar uchun arab tilini o‘rganish oson hisoblanadi.

6. Arab tilida bosh harflar mavjud emas.

Arab alifbosida urg‘u uchun bosh harflar o‘rniga maxsus belgilar qo‘llanadi.

7. Arab tilida boshqa tillarda mavjud bo‘lmagan tovushlar mavjud.

Arab tili o‘z ona tilisi bo‘lmagan ba’zi o‘rganuvchilar arab tilidagi so‘zlarni talaffuz qilishda biroz qiyinchilikka uchrashlari mumkin, sababi bu tildagi ba’zi tovushlar boshqa keng tarqalgan tillarda kam uchraydi. Masalan, “ḥ” faqat arab tilida uchraydigan “h” tovushidir.

8. Arabcha so‘zlar o‘ngdan chapga yoziladi.

Boshqa keng tarqalgan tillardan farqli o‘laroq, arabcha so‘zlar o‘ngdan chapga, arabcha raqamlar esa chapdan o‘ngga yoziladi.

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, har bir tilni o‘rganishda turli chalkashliklar-u qiyinchiliklarga duch kelishingiz tabiiy. Ammo shuni unutmangki, yangi tillarni o‘rganish siz uchun yangi eshiklarni ochadi!

Shahnoza ERGASHEVA,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + seven =