BRUKLIN SHAHRIDAGI O’ZBEK-AMERIKA VATANDOSHLAR JAMIYATIDA UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

30.01.2024

«Xorijiy tillarda so’zlashuvchilar uchun o’zbek tilini intensiv o’rgatuvchi multimedia mahsulotlari» amaliy loyihasi rahbari Madjidova Ra’no Urishevna boshchiligidagi O’zDJTU delegatsiyasi AQSHning Bruklin shahridagi O’zbek-Amerika Vatandoshlar jamiyati rahbari Abdumalik Ahmedov bilan uchrashdi.

Tashrif davomida mas’ullar tomonidan Amerikada istiqomat qilib kelayotgan vatandoshlarimiz farzandlarini o’zbek va ingliz tiliga o’qitish jarayoni bilan tanishildi hamda mavjud muammolar va ehtiyojlar o’rganildi.

Shuningdek, O’zbekistonga xizmat vazifasi bilan kelayotgan amerikalik mutaxassislarni o’zbek tiliga intensiv o’qitish uchun 3 oylik va 6 oylik kurslarni tashkil etish, talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, kichik maktab yoshidagi bolalar uchun “Summer camp” tashkil qilish masalalarida kelishuv memorandumi tuzishga kelishib olindi.