OXFORD UNIVERSITY PRESS VA O’ZDJTU NAVBATDAGI SEMINAR-TRENINGNI MUHOKAMA QILISHDI

06.05.2019

Bugun, 6 may kuni Buyuk Britaniyanig Oksford universiteti nashriyoti (Oxford University Press) vakillari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurishdi va universitet rektori G.Rahimov bilan uchrashdi. Jumladan ushbu uchrashuvga Yaqin Sharq, Afrika va Markaziy Osiyo davlatlari bo’yicha rahbar Djuliya Till; tashkilotning hududiy boshqaruvchisi Martin Kurtis; Markaziy Osiyo bo’yicha rahbar Asila Baybatirova va tashkilotning Toshkentdagi direktori Riskul Ashumkanova tashrif buyurishdi.

Suhbat davomida mehmonlar universitet o’quv faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tomonlar ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Natijada joriy yilning 14-15 may kunlari mutaxassislar tomonidan navbatdagi trening bo’lib o’tishi rejalashtirildi. Ushbu tadbirga umumta’lim maktablari chet tili o’qituvchilari hamda Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari jalb etiladi.

Ma’lumot o’rnida: o’tgan yilning 27-28 noyabr kunlari Oxford University Press mutaxassislari Martin Kurtis va Aida Ishenbayeva ishtirokida trening tashkil etilgan bo’lib, unda O’zDJTUning ingliz tili o’qituvchilari hamda Qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilari qatnashgan edi; 120 nafar xalq ta’limi tizimi ingliz tili o’qituvchilari ishtirokida esa turli mavzularda taqdimotlar bo’lib o’tgan edi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × 3 =