BUYUK BRITANIYANING REUTERS INSTITUTIDAN JURNALISTLAR UCHUN STIPENDIYA DASTURI

23.01.2023

Buyuk Britaniyaning Reuters instituti jurnalistlar uchun stipendiya dasturini e’lon qildi.

Dastur davomida ishtirokchilar ilmiy maqolalar yozadilar, seminar va ma’ruzalarda, shuningdek, tadbirlar va muhokamalarda qatnashadilar. Bundan tashqari, ishtirokchilar individual loyihalarini ishlab chiqadilar.

Asosiy talablar:

  • Jurnalist yoki muharrir sifatida faoliyat yuritishi;
  • Ish tajribasi kamida 5 yil bo’lishi;
  • Ingliz tilini ish darajasida bilishi.

Davomiyligi: 3 va 6 oy

Tashkilotchilar aviabilet va viza xarajatlarini, shuningdek, oylik 2000 funt sterling miqdoridagi stipendiyani qoplaydi.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2023-yil 6-fevral.

Dastur haqida batafsil ma’lumot uchun havola: https://reutersinstitute.politics.ox.ac.uk/our-journalist-fellowship-programme

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × four =