CHET TILI IMTIHONI SANALARI VA JOYLARI E’LON QILINDI

27.11.2023

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25–26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27–30-noyabr va 1-, 4–7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar to‘g‘risida batafsil bu yerda.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan kelishlari so‘raladi.