“ENGLISH FOR SCIENCE” LOYIHASINING 3-MAVSUMI HISOBOT TADBIRI BO’LIB O’TDI

22.04.2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Jahon Bankining “MUNIS” loyihasi doirasida amalga oshirilgan “English for Science” loyihasining 3-mavsumi hisobot tadbiri va ishtirokchilarni sertifikat bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Loyihaning 3-mavsumi doirasida ishtirok etgan 200 nafar yosh tadqiqotchi olimlar bepul akademik ingliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 2022-yil davomida o‘tkazilgan 3-mavsumda qatnashish istagini bildirgan arizalarning umumiy soni 1 436 tani tashkil etdi. Ikkinchi bosqichga muvaffaqiyatli tanlangan nomzodlar tanlovning ushbu bosqichida mutaxassis trener-pedagoglar jamoasi tomonidan ingliz tilida suhbat va saralash bosqichidan o‘tgach, 200 nafari dasturda ishtirok etish uchun muvaffaqiyatli saralab olindi.

Tinglovchilar 8 oy davomida III bosqichdan (I – Journal Selection, II – Academic writing, III – Grants and Scholarships) iborat bo‘lgan dastur asosida mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.

Birinchi bosqich Journal Selection deb nomlanib, unda ishtirokchilar Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasidagi jurnallarni tanlash va ular bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Ikkinchi bosqich Academic writing deb nomlanib, unda ishtirokchilar maqolalar tayyorlash bo‘yicha kichik guruhlarda shug‘ullandi. Grants and Scholarships deb nomlangan uchinchi bosqichda ishtirokchilar o‘zlarining ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha xalqaro grant dasturlariga ariza topshirish bilan mashg‘ul bo‘lib, bu yo‘nalishda turli soha vakillari kichik guruhlarga ajratilgan holda amaliy mashg‘ulotlarga jalb qilindilar. Bu bosqich yakunlari bo‘yicha meditsina, muhandislik va gumanitar yo‘nalishlardagi tinglovchilar faol bo‘lib, bir nechta grant dasturlariga arizalar topshirildi.

Dastur ishtirokchilari 180 dan ortiq xalqaro ilmiy jurnallar, jumladan Scopus va Web of Science bazasiga kiritilgan jurnallarda ilmiy maqolalarini nashr etishga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan tashqari, dastur mobaynida ishtirokchilar tomonidan 30 dan ortiq dolzarb mavzularda xalqaro grant dasturlariga arizalar tayyorlangan.

Ushbu loyiha 2023-yilda yanada keng qamrovli amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyiha respublikamizning Buxoro, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida yo‘lga qo‘yilishi uchun ishlar amalga oshirilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × two =