FILOLOG TАLАBАLАRGА ILMIY USLUBNI OʼRGАTISHGA YOʼNАLTIRILGАN MАSHQLАR TIZIMI. E.A.LAGAY MAQOLASI

17.04.2020

Pedagogika fanlari nomzodi, Oʼzbekiston davlat jahon tillari universitetining dotsenti Elena Aleksandrovna Lagayning yangi maqolasi bilan tanishing.

Аnnotatsiya. Maqolada talabalarga ilmiy nutqni oʼrgatishning metodologik jihatlari tahlil qilinadi. Barcha soha va yoʼnalishlarda xalqaro hamkorlik kengayib borayotgan zamonaviy sharoitda ilmiy tafakkur madaniyatini va shunga mos ravishda ilmiy nutq madaniyatini rivojlantirish vazifasi ayniqsa, dolzarbdir.

Talabalar, xususan, kasbiy faoliyati toʼgʼridan-toʼgʼri kommunikativ mahorat darajasiga bogʼliq boʼlgan filologiya yoʼnalishida tahsil olayotgan filolog-talabalarda yozma va ogʼzaki ilmiy til koʼnikmalarini shakllantirish muhim lingvometodik muammolardan sanaladi. Ushbu muammoni samarali hal qilish uchun nafaqat uslubiy mahoratni oshirish, balki ilmiy nutq uslubini chuqur oʼrganish lozim.

Ilmiy uslubning lingvistik va konstruktiv xususiyatlaridan toʼgʼri, aniq tushunish va amaliy jihatdan foydalanish maqsadida ishlab chiqiladigan savollar zamonaviy metodika — mutaxassislik materiallari asosida til oʼqitishga asoslanadi. Bu esa grammatik konstruktsiyalar, talabalarning rus tilini oʼzlashtirishlari uchun foydalaniladigan zamonaviy rus tili oʼquv adabiyotlarini saralash zaruriyatini yuzaga keltiradi.

Maqolada turli xil mashqlar majmuini bajarishga asoslangan tizimli va rejalashtirilgan faoliyat, xususan, talabalarga oʼzga til materiallaridan foydalanishlari uchun xizmat qiladigan ilmiy uslubning muayyan minimum konstruktsiyalarini oʼrganishlari jarayonida foydalaniladigan retseptiv, reproduktiv va samarali mashgʼulotlar majmuining maqsadga muvofiqligi asoslangan. Bunday mashqlarni bajarish har qanday janrdagi ilmiy matnlarni mustaqil ishlab chiqish uchun zarur boʼlgan nutq tajribasini shakllantirishga yordam beradi.

To’liq maqola matni bilan bizning ilmiy onlayn jurnalimiz orqali tanishing: journal.fledu.uz/lagay

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 + five =