«FLEDU.UZ»NING GERMANIYA OTMLARI BILAN OLIB BORAYOTGAN HAMKORLIK ALOQALARI

27.05.2019

2019-yil 22-aprelda Germaniyaning Boxumdagi Rur universiteti professorlari Daniyel Xendel va Karmen Drayerlar bilan FLEDU.UZ rahbariyati uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda tomonlar yaqindan ta’lim sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Jumladan, Daniyel Xendl Filologiya fakultetining nemis tili va adabiyoti kafedrasida faoliyat yuritishini va kafedra a’zolari katta ishtiyoq bilan journal.fledu.uz elektron jurnalda maqolalar nashr ettirishlarini ta’kidladi. Qolaversa, ikki tomon hamkorlikda onlayn nemis tili kurslarini FLEDU.UZ platformasida joriy qilish borasida qizg‘in muzokaralar olib borishdi. Uning bir nechta ishlanmalari: “Badiiy asarlar ustida ishlash”, “Zamonaviy yoshlar nutqi (neologizmlar) kabilar FLEDU.UZ internet portalida nashr etilishi kutilmoqda. Uchrashuv so‘ngida janob Xendl FLEDU.UZ elektron jurnaliga kelib tushgan nemis tilidagi maqolalarni tahrir qilishga va tahririyat hayati a’zosi bo‘lishiga rozilik bildirdi. 

Professorlar bilan bo‘lib o‘tgan do‘stona suhbat va intervyu FLEDU.UZ portalida joylashtirildi. Mazkur intervyuni havola orqali ko’rishingiz mumkin.

Shuningdek, FLEDU.UZ vakillari 2019-yil 10-may kuni Germaniyaning Yetakchi Ekspertlar Xizmati tashkiloti tomonidan O‘zbekistonga tashrif buyurgan Piter Djozef Shtruben bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat internet portallari va elektron jurnallari faoliyati doirasida fikr almashishdi. Jumladan, Piter Djozef Shtruben Germaniyaning ko’pgina ta’lim muassasalari qog‘oz nashrdan allaqachon elektron nashrga o‘tganliklarini, ilmiy maqolalar onlayn tarzda e’lon qilib borilishini va o‘zi bir nechta nashrlarda tahririyat a’zosi ekanligini aytib o‘tdi. Qolaversa, janob Shtruben til ko‘nikmalari (yozish, gapirish, eshitish va tinglab tushunish)dan bir nechta ishlanmalar qilganliklarini, qo‘llanmalar chiqargani haqida o‘rtoqlashdi. Tomonlar nemis tili bo‘yicha FLEDU.UZ platformasida onlayn kurslar tashkil qilishni, vebinarlar o‘tkazishni rejalashtirdilar.

Bundan tashqari, 2019-yil 4-may kuni Germaniyaning Leypsig universiteti mutaxassisi Natalya Balyuk DAAD dasturining «Dhoch3» loyihasini tanishtirdi. Loyiha nemis tili o‘qituvchilarini akademik tayyorgarligini yanada oshirishga qaratilgan bo‘lib, butun dunyo maktab va oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan nemis tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan. Qizig‘i shundaki, ushbu loyihaning alohida modullari onlayn-platformaga chiqarilganligidadir. Ushbu modullar yuqori adaptatsiya va “egiluvchanlikka” ega. Bunda, har bir pedagog o‘zi xohlagan payt, xohlagan joydan turib, onlayn tarzda modullarni o‘qib, topshiriqlarni bajarish va baho olish imkoniga ega bo‘ladilar. FLEDU.UZ jamoasi internet portalda vebinar va videokonferensiyalar tashkil qilish bo‘yicha mutaxassis Natalya Balyuk bilan kelishib oldi.

FLEDU.UZ jamoasining xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda. Portalimizni kuzatib borish orqali bu boradagi so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eleven − eight =