FLEDU.UZ JAMOASI TED LOYIHASININIG “UZBEK LANGUAGE COORDINATOR” STATUSINI QO’LGA KIRITDI

09.12.2019

“O’zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron jurnal va internet portalining “Multimedia va veb-ilovalar” bo’limi yangi loyihani yo’lga qo’ydi.

Loyihaning asosiy vazifasi xorijiy tillardagi til o’rganish, shaxsiy rivojlanish, psixologiya, lingvistika yo’nalishidagi videomateriallarni o’zbek tiliga tarjima qilish orqali yoshlarning bilim olishiga qaratilgan onlayn resurslarni ko’paytirishdan iborat.

Loyiha avvalida jamoa Amara.org portalida TED Teamga a’zolikni qo’lga kiritib, TED resurslari bo’yicha contributor statusiga ega bo’lgan edi.

Keyinchalik “Uzbek Language Coordinator” statusini olish uchun TED.com bilan muzokaralar olib borildi va 2019-yilning 27-noyabr kuni “Uzbek Language Coordinator” statusi berildi.

Hozirda TED resurslarini tarjima qilish bo’yicha chet tillarini puxta egallagan yoshlardan iborat “Uzbek Team” shakllantirilgan.  Bu jamoaning ishlari bilan quyidagi havola orqali tanishib borishingiz mumkin: https://t.me/tedxuzbekistan.

G’oya muallifi – “Multimedia va veb-ilovalar bo’limi” boshlig’i Dilorom Ashurova.

Loyiha koordinatori – “Multimedia va veb-ilovalar bo’limi” mutaxassisi Nazarbek Nazarov.

Bugungi kungacha FLEDU.UZ portali mutaxassislari tomonidan 90 ga yaqin videolar tarjima qilindi.

Tarjima qilingan videolar hajmi 150 daqiqadan oshdi.

Ularning barchasi FLEDU.UZ portalida mavjud hamda YouTube tarmog’ida omma uchun ochiq.

Quyidagi havola orqali portalimizdagi mazkur videolar bilan tanishishingiz mumkin: https://fledu.uz/uz/category/media/ted-resurslari/.

Bu harakatlar zamirida o’zbek tilidagi internet resurslari kontentini boyitish va o’zbek tilida muloqot qiladigan foydalanuvchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish, bu jarayonlarda aynan yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, self-development uchun sharoit yaratish maqsadi turadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight − 3 =