“FLEDU.UZ” MALAYZIYANING SULTAN IDRIS UNIVERSITETI BILAN HAMKOLIK ALOQALARINI O‘RNATMOQDA

25.04.2019

Fledu.uz jamoasi Malayziyaning Sultan Idris universiteti bilan yangi masofaviy ta’limni yo’lga qo’yish maqsadida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ymoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 23-aprel kuni bir guruh malayziyalik mutaxassislar professor Ramlee Ismail, Ahmad Tarmizi bin Al Shaari, professor Zahuri Khairani “O’zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnal va internet portaliga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko’zlangan maqsad:

  • Fledu.uz tarkibida “Malay tili va madaniyati” nomli onlayn kurslarni tashkil etish bo’yicha loyiha muhokamasi;
  • Xorijiy til sifatida malay tilini O’zbekiston miqyosida targ’ib qilish;
  • Elektron jurnal faoliyati bo’yicha tajriba almashinuvi masalasi;
  • Malay tili bo’yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash.

Shuningdek, tashrif doirasida Fledu.uz tarkibida “Malay tili va madaniyati” nomli onlayn kurslarni tashkil etish bo’yicha loyiha Sultan Idris universitetining “Xorijiy tillar kafedrasi” professori Sasi ishtirokida onlayn muloqot asosida muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × three =