«FRANCE EDUCATION INTERNATIONAL» BILAN DELF-DALF EKZAMENATORIGA AYLANING

28.04.2023

Fransiya elchixonasi DELF-DALF ekzamentorlarini tayyorlash uchun seminar tashkil qiladi. Seminarni «France Education international» ekspertlari o‘tkazadi.

Fransuz tilino o‘qitish mutaxassislari uchun mo‘ljallangan ushbu kurs 2023-yil 19-23-iyun kunlari Toshkent fransuz alyansida bo‘lib o‘tadi.

Seminarga yozilish uchun ishtirokchilarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– fransuz tili mutaxassisligi bo‘yicha kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
– fransuz tilidan kamida C1 darajaga ega bo‘lish (DALF yoki tol‘iq TCF).

Agar siz talablarga javob bersangiz va bu taklif sizni qiziqtirsa, 2023-yil 9-maydan kechiktirmay havola orqali seminarga yoziling.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × three =