FRANSIYALIK HAMKORLAR BILAN DO’STONA UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

25.01.2023

O’zbikiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german fakultеti Nazariy fanlar kafеdrasi o’qituvchisi, koordinator  Nazira Ro’ziboyеva tashabbusi bilan Fransiya, Angulem shahri Sеnt-Mart Shavani  ta’lim komplеksi Oliy ta’lim yo’nalishi bilan hamkorlik doirasida uchrashuv bo’lib o’tdi.            

Uchrashuvda Fransiya tomonidan: Sеnt-Mart Shavani Oliy ta’lim yo’nalishi dirеktor o’rinbosari – Jan-Lyuk Nuaro, ikki nafar o’qituvchi – Silivi Blanshar, Janna Sharbonnеli, hamda ikki nafar talaba: Lyuka Mallе, Gabеn Bayu ishtirok etishdi.

Do’stona muzokaralarda ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlar, fransuz tili o’qitilishining istiqbollari kabi masalalar o’rin oldi.

Uchrashu yakunida tomonlar, Oz’DJTU fransuz yo’nalishida tahsil olayotgan 3-4-bosqich talabalarning malakaviy amaliyotini Sеnt-Mart Shavanida ta’lim muassasasida o’tashga kelishib olishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 × 3 =