«FUTURE NEWS WORLDWIDE 2020»: TALABA-JURNALISTLAR UCHUN DASTUR

16.01.2020

Ariza topshirish muddati: 14-fevral 2020-yil

«Future News Worldwide 2020» dunyoning turli chekkalaridagi talaba-jurnalistlarni bir-biri bilan bog’lovchi dastur hisoblanadi. Bu hamkorlik dasturi dunyodagi yetakchi media tashkilotlar, jumladan, BBC, Reuters, Facebook va Google News tashabbusi asosida yo’lga qo’yilgan. 

Eng iste’dodli, g’ayratli va qiziquvchan 100 ta yosh media ijodkorlar 2020-yil 14-15-iyulda Londonda bo’lib o’tadigan eksklyuziv konferensiyada qatnashish imkoniga ega bo’ladilar. Bu yerda ularga dunyodagi eng yuqori profilli muharrirlar, radio boshlovchilar, yozuvchilar va muxbirlar murabbiylik qilishadi va boshqa yosh global jurnalistlar bilan aloqa o’rnatish imkoniga ega bo’lishadi. 

Konferensiyadan so’ng delegatlar global bitiruvchilar tarmog’idan foydalanishadi va bu ularga bir-birlari bilan fikr alamashishlariga, o’rganganlarni amalda sinashlariga va kasbiy rivojlanishni davom ettirishlariga yordam beradi.

Dastur 2020-yil 1-iyulgacha 18-25 yosh oralig’idagi har qanday yo`nalishda tahsil oladigan va jurnalistikaga qiziqadigan talabalar uchun ochiq. Ariza topshiruvchilar ingliz tilida a’lo darajada gaplasha olishlari va jurnalistika sohasida faoliyat yuritishga ishtiyoqmand ekanliklarini namoyish etishlari lozim.

Dastur haqida batafsil ma’lumot: britishcouncil.org

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 − 7 =