GEMANIYANING HUMBOLDT UNIVERSITETI O‘ZBEK TILI O‘QITUVCHISI AYFER DURDU VA OLIM FRANSUA OMER O’ZBEKISTONDA

06.04.2023

Shu kunlarda, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetiga Gemaniyaning mashhur Humboldt universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti o‘zbek tili o‘qituvchisi Ayfer Durdu va olim Fransua Omer mehmon bo’lib turibdi.

Humboldt universiteti bilan Erasmus+ doirasida yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo’lib, olima Ayfer Durdu hamda sharqshunos Fransua Omer universitetimiz magistrantlariga o’zbek tilining xorijda o’rganilishi, o’zbek adabiyotiga G’arb ilmiy jamoatchiligining e’tibori xususida ma’ruza qildilar.

Yevropalik olimlarning o’zbek tilida ravon so’zlashi, jumladan, o’zbekcha ma’ruza o’qishi talabalar uchun quvonarli bo’ldi. Mashg’ulot ochiq muloqot shaklida davom etdi va talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen + 13 =