TILO KLINNER: “NEMIS TILINI O’RGANUVCHILAR SONI BO’YICHA O’ZBEKISTON OSIYODA 1-O’RINDA”

04.11.2021

Avval xabar qiliganimizdek, bugun, 4-noyabr kuni O‘zbekistondagi nemis tili o‘qituvchilarining 14-anjumani o’z ishini boshladi.

Germaniya Federativ Respublikasining O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dr. Klinner anjumanda nutq so’zlar ekan, nemis tilini o’rganuvchilar soni bo’yicha O’zbekiston Osiyoda 1-o’rinda ekanini va nemis tilini o’rgatishni yanada takomillashtirishni ta’kidladi.

O’z nutqida elchi yaqinda O’zbekiston Bosh vaziri A. Aripov bilan bo’lib o’tgan uchrashuvida O’zbekiston hukumati Germaniya malakali ishchilarning immigratsiyasi qonuniga alohida qiziqish bildirganini hamda bu borada Germaniya bilan hamkorlik qilish istagi borligini bildirganini aytib o’tdi. Elchi Dr. Klinner aynan shu bois ham O’zbekistonda nemis tilini o’qitishni jadal rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen + 6 =