Grammatika biz uchun muhimmi?

04.09.2019 43

Andrea S. Kalyude

Ba’zida yozma nutqda qo’llaydigan grammatik qoidalarni og’zaki nutqda eslashimiz va qo’llashimiz juda qiyin. «Biz kuchugim bilan aylanishga chiqdik» to’g’ri bo’ladimi yoki «Men kuchugim bilan aylanishga chiqdim»? Umuman olganda, farq bormi? Andrea Kalyuda bir asrdan beri bahslashib kelayotgan ikkita lingvistik maktabni kuzatib kelmoqda. Ularning a’zolari bu savollarga javob berishda turlicha fikrlashadi.

Dars — Andrea S. Kalyude
Multiplikatsiya — Mayk Shell.

Source:
https://ed.ted.com/

(tarjima vaqtiga videodagi TED logotipli kirish qismi hisobga olinmagan)

Uzbek Subtitles:

0:07 – 0:09

Siz do’stingizga qiziq bir hikoyani so’zlab berasiz, ¶

0:09 – 0:14

va kulminatsiyasiga yetib keldingiz, shu joyida u sizning gapingizni bo’ladi:

0:14 – 0:18

«osmonga chiqayotib» emas, «ko’tarilayotib».

0:18 – 0:20

Hech kimga yoqmaydi bu holat.

0:20 – 0:22

Xa, gapni bo’lish qo’pol, albatta.

0:22 – 0:24

Do’stingiz nohaqmi?

0:24 – 0:27

Gapingizda xato yo’qmidi?

0:27 – 0:31

Gap nima haqida ketayotganini shundoq ham tushunayotgan ekan, nega unday qildi?

0:31 – 0:33

Lingvistika nuqtai nazaridan,

0:33 – 0:37

grammatika — so’zlarni biror gap yoki so’z birikmasiga joylashtirishga

0:37 – 0:39

yordam beruvchi qoidalar va tuzilmalar yig’indisi,

0:39 – 0:42

yozma nutqda ham, og’zakida nutqda ham.

0:42 – 0:44

Bu tuzilmalar har tilda har xil.

0:44 – 0:47

Ingliz tilida odatda ega birinchi keladi,

0:47 – 0:49

uning ketidan kesim,

0:49 – 0:50

undan keyin esa to’ldiruvchi.

0:50 – 0:53

Yapon tilida va ko’plab boshqa tillarda esa

0:53 – 0:56

so’z tartibi quyidagicha:

ega, to’ldiruvchi, kesim.

0:56 – 1:00

Ba’zi olimlar barcha tillar uchun umumiy modellarni topishga harakat qilishdi,

1:00 – 1:02

biroq, ot va fe’llar mavjudligi kabi ba’zi

1:02 – 1:05

oddiy narsalardan tashqari

1:05 – 1:09

boshqa lingvistik universalliklar topa olishmadi.

1:09 – 1:12

Til ishlashi uchun aniq modellar kerak bo’lgani,

1:12 – 1:17

modellarni chuqur o’rganish ikki xil nuqtai nazar tarafdorlari o’rtasida bahslarga sabab bo’ldi:

1:17 – 1:21

preskriptivizm va deskriptivizm taarafdorlari.

1:21 – 1:22

Oddiy qilib aytganda:

1:22 – 1:26

preskriptivistlar hisoblashicha, tilda ma’lum bir qoidalar bo’lishi kerak,

1:26 – 1:31

deskriptivistlar esa qoidalardan og’ish va farqlanishlarni

1:31 – 1:34

tilning muhim bir qismi sifatida ko’rishadi.

1:34 – 1:38

Ko’p vaqtlar davomida tillar faqat og’zaki shaklda mavjud bo’lgan,

1:38 – 1:42

lekin vaqt sayin yozma shaklga zarurat paydo bo’la boshladi.

1:42 – 1:46

Muloqotni kengaytirish va insonlar o’rtasida o’zaro tushunshni

1:46 – 1:51

kafolatlash uchun yozma nutq normalari shakllana boshladi.

1:51 – 1:57

Ko’pchilik tillarda bu standart shakl aslida og’zaki shaklning

1:57 – 2:01

variantlaridan biridan kelib chiqqan bo’lganligiga qaramay

2:01 – 2:03

yagona to’g’ri shakl deb hisoblana boshlandi.

2:03 – 2:07

Tilni tozalash tarafdorlari o’sha paytda ishlab chiqilgan grammatika orqali

2:07 – 2:13

ushbu normalarni keng yoya boshladi.

2:13 – 2:17

Grammatik qoidalar kelgusida og’zaki nutqda ham qo’llanila boshlandi.

2:17 – 2:22

Yangi normalardan farq qiluvchi oldingi og’zaki nutq normalari xato deb hisoblana boshlandi,

2:22 – 2:24

yoki past tabaqa belgisi sifatida qabul qilingan.

2:24 – 2:27

Bolalikdan noto’g’ri gapirishni o’rganganlarga ham

2:27 – 2:31

bu standart normani o’zlashtirishga undashgan.

2:31 – 2:32

Lekin keyinchalik,

2:32 – 2:36

lingvistlar tushunishdiki, nutq aslida yozuvda farq qilishi, va uning o’zining alohida

2:36 – 2:38

norma va modellari bo’lishi kerak.

2:38 – 2:43

Ko’pchilik gapirishni shunchalik erta o’rganishganki, xatto qanday o’rganganini eslay olmaydi.

2:43 – 2:46

Bizning og’zaki nutq layoqatimiz ongosti odatlari tufayli shakllanadi,

2:46 – 2:49

qoidalarni o’rganish bilan emas.

2:49 – 2:53

Og’zaki nutqda asosiy e’tibor kayfiyat va intonatsiyaga qaratilganidek,

2:53 – 2:55

uning tuzilishi ham juda moslashuvchan

2:55 – 2:59

va so’zlovchi bilan tinglovchi ehtiyojlariga moslashadi.

2:59 – 3:03

Masalan bu holatni murakkab, tinglovchi uchun tushunish qiyin bo’lgan gaplarda,

3:03 – 3:06

qiyin talaffuz qilinadigan iboralarda yoki

3:06 – 3:09

nutqni tezlashtirish uchun ayrim tovushlar «yutilishi»da ko’rishimiz mumkin.

3:09 – 3:14

Ushbu lingvistik yondashuv, ushbu hodisalarni tushunishga va ifodalashga harakat qiladi

3:14 – 3:18

va tilga hech qanday qoidalarni bog’lab qo’ymaydi. Bu deskriptivizm deb nom olgan.

3:18 – 3:20

Tilni qanday ishlatishni ifodalashdan farqli ravishda,

3:20 – 3:23

bu yo’l insonlarning tilni qanday ishlatishini va

3:23 – 3:27

foydalanish davomida undagi yuzaga kelayotgan yangiliklarni ifodaydi.

3:27 – 3:29

Preskriptivizm va deskriptivizm maktablari

3:29 – 3:31

o’rtasidagi debatlar haliyam davom etayotgan bo’lsa-da,

3:31 – 3:34

ular bir-birini inkor qilishmaydi.

3:34 – 3:37

Preskriptivizmning foydasi shundaki, u ma’lum bir vaqt ichida

3:37 – 3:42

qanday umumiy qoidalar mavjud ekanligi haqida xabar beradi.

3:42 – 3:44

Bu nafaqat rasmiy nutqlar uchun muhim,

3:44 – 3:48

balki chet tillarida muloqotni yanada osonlashtirish yoki

3:48 – 3:51

jamiyatning turli qatlamidagi insonlar muloqoti uchun ham.

3:51 – 3:52

Deskriptivizm, boshqa tomondan,

3:52 – 3:54

bizga ongimiz qanday ishlashi haqida va

3:54 – 3:59

dunyoqarashimiz ongostimizda qanday shakllanishi haqida ma’lumot beradi.

3:59 – 4:03

Nihoyat, grammatika — eng maqbul til odatlari yig’indisi,

4:03 – 4:07

va u doim katta omma tomonidan muhokama qilinadi,

4:07 – 4:10

va doim ko’rib chiqiladi.

4:10 – 4:11

Umumiy tilga o’xshab,

4:11 – 4:13

grammatika — o’ziga xos va murakkab material,

4:13 – 4:17

va u dunyoning har xil chekkasidagi tinglovchilar va

4:17 – 4:19

so’zlovchilar, yozuvchilar va

4:19 – 4:21

o’quvchilar, preskriptivist olimlar va

4:21 – 4:23

deskriptivistlar nutqlaridan kelib chiqqan.

Hozircha fikr bildirilmagan

Fikr bildiring

Hozircha fikr bildirilmagan!

Maqola haqida fikringizni bildiring.

Ma'lumotlaringiz ishonchli qo'llarda!Email manzilingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz hech kimga ko'rsatilmaydi.