HACHETTE LIVRE INTERNATIONAL NASHRIYOT UYI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O’TKAZILDI

30.11.2023

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektori A.Nasirov Fransiya elchixonasining Taʼlim va universitetlararo hamkorlik boʻyicha mintaqaviy vakili Serj Bellini hamrohligida universitetga tashrif buyurgan Hachette Livre International nashriyot uyi savdo aloqalari direktori Adelin Risher bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda nashriyot uyi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarigacha boʻlgan bosqichlarda fransuz tilini oʻqitishga moʻljallangan darsliklar taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Hozirgi kunda universitetda ushbu nashriyot uyi tomonidan nashr etilgan darsliklardan foydalanib kelinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kelgusida universitetga mazkur nashriyot uyining eng yangi darsliklarini hamda ularning elektron shakllarini etkazib berish boʻyicha kelishib olindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twelve + twelve =