HINDISTON MADANIY ALOQALAR KENGASHI GRANTLAR TANLOVINI E’LON QILDI

04.12.2019

Hindiston madaniy aloqalar Kengashi (ICCR) 2020-yilda Hindistondagi universitetlarda O’zbekiston fuqarolariga 20 ta ta’lim grantini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “El-yurt umidi” jamg’armasi.

Hindistonda oliy ta’lim olish uchun ingliz tilini bilish lozim bo’ladi.

Bakalavr yoki magistraturaga kirish uchun arizalarni topshirishning oxirgi muddati – 2020-yil 2-fevral, fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun – 2020-yil 16-avgust hisoblanadi.

Arizalarni topshirishdan oldin quyidagi ko’rsatmalar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir: http://a2ascholarships.iccr.gov.in/assets/site/downloads/ICCR_UserManual.pdf

Grant va uning shartlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun: http://a2ascholarships.iccr.gov.in/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

thirteen − 3 =