IPAK YO’LI MAMLAKATLARINI BIRLASHTIRGAN XALQARO ILMIY ANJUMAN O’zDJTUDA BO’LIB O’TMOQDA

12.12.2019

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 12-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida «Buyuk ipak yo‘li xaritalarining qiyosiy tadqiqi» mavzusida xalqaro ilmiy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu ilmiy anjuman dunyoning 80dan ortiq universitetlarini birlashtirgan “Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘i” tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, O‘zDJTU ushbu tashkilot Kengashining a’zoligiga qabul qilingan.

Ilmiy seminarda O‘zbekistonlik soha mutaxassislari, akademik va olimlar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar hamda Xitoy, Koreya, Turkiya, Eron, Qozog‘iston kabi xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlar ishtirok etmoqda.

O’zDJTU rektori ilmiy anjuman o’z ishini boshlagani bilan barcha qatnashchilarni qutlab, tadbirni kirish so’zi bilan ochib berdi. Xankuk chet tillar universiteti professori, «Ipak yo’li universitetlari tarmog’i – SUN» (Koreya Respublikasi) Bosh kotibi Sung-Don Hwang tadbirda o’z nutqi bilan ishtirok etib, anjuman ishini ochib berdi.

Shundan so’ng, ishtirokchilar seksiyalarga bo’lingan holda anjumanda o’z taqdimotlari bilan chiqish qildilar.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi A. Sagdullayev «Buyuk Ipak yo’lidagi etno-madaniy jarayonlar», Eronning Tabatabay universiteti professori Mandana Tishehar «Eron istiqbollari bilan ipak yo’li xaritasi», Xitoyning Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti professori Huetao Li «Xitoy istiqbollari bilan ipak yo’li xaritasi», Turkiyaning Anqara universiteti professori Abdulloh Gundogdu «Turkiya istiqbollari bilan ipak yo’li xaritasi», Qozog’iston milliy universiteti professori G. Nussupova «Qozog’iston istiqbollari bilan ipak yo’li xaritasi» mavzularida taqdimotlar qildilar.

Anjumanning yakuniy qismi mavzu doirasidagi muhokamalar maydoniga aylandi. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan bir qatorda ilmiy munozara va xorijlik mutaxassislar bilan fikr almashish imkoniga ham ega bo’ldilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × five =