Islom taraqqiyot banki tomonidan 2021-2022-o’quv yilida dunyoning nufuzli universitetlarining bakalavriat (Undergraduate), Magistratura (Masters), Aspirantura (PhD research Programme) va post doktorantura (Post-Doctoral Research Programme) yo’nalishlari bo’yicha tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilindi.
Islom taraqqiyot banki ma’lumotiga kora, nomzodlar muayyan talablarga javob berishlari zarur, ular hujjatlar natijasi asosida tanlab olinadilar.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan nomzodlar arizalarini 2021-yil 28-fevralga qadar Islom taraqqiyot banki platformasi orqali taqdim etishlari mumkin: www.isdb.org/scholarships
Chet tilida tuzilgan hujjatlarga ularning ingliz yoki fransuz tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.
Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to’g’risidagi qo’shimcha ma`lumot bilan Islom taraqqiyot banki www.isdb.org/scholarships veb-saytida tanishish mumkin.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.