ITALYAN TILI O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETIDA

13.06.2020

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti mamlakatdagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitetda 20 dan ortiq xorijiy tillar o’qitiladi. Ular orasida italyan tili ancha yillardan buyon o’qitib kelinmoqda. 2019-yilgacha italyan tili faqat ikkinchi chet tili sifatida o’rgatilar edi. 2019-yil sentyabr oyidan esa italyan tilini asosiy chet tili sifatida o’qitish yo’lga qo’yildi.

Hozirda italyan tili bo’yicha 4 nafar malakali o’qituvchi faoliyat olib borishmoqda. Ulardan bir nafari italiyalik mutaxassis  Marco Paoli bo’lib, u turli ta’limiy va madaniy tadbirlar tashkil qilish orqali talabalarni italyan tili va madaniyati bilan tanishtirishda faol ish olib bormoqda.

Italyan tili bo’yicha “Parliamo Italiano insieme” ilmiy to’garagi faoliyatiga bir nazar

Talabalarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, har jihatdan bilimlarini oshirish, ularning qobiliyatlari va intilishlarini maqsadli rivojlantirish, kasbiy mahoratlarini oshirishda to‘garaklar faoliyatini tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan shu maqsadda O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi qoshida “Parliamo Italiano insieme” italyan tili to’garagi o’z faoliyatini boshladi. Ushbu to’garakka fakultetning italyan tili yo’nalishi talabalari bilan bir qatorda italyan tilini ikkinchi til sifatida o’rganuvchi talabalar ham jalb qilingan.

To‘garak faoliyati asosan talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda mashg‘ulotlar audio va video materiallardan foydalangan holda olib boriladi. Bundan tashqari, har hafta italyan tilidagi badiiy asarlar tanlab olinib, ular tahlil qilinadi va talabalar o’z fikrlari bilan o’rtoqlashadilar.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × 5 =