JURNALISTIK SURISHTIRUVLARNI OLIB BORISH UCHUN GRANTLAR DASTURI

23.01.2023

 “The Fund for Investigative Journalism” fondi jurnalistik surishtiruvlarni olib borish uchun grantlar dasturini e’lon qildi. Jurnalistik surishtiruvlar istalgan formatda: yangiliklar, kitoblar, hujjatli film va podkastlar kabi ko’rinishlarda taqdim etilishi mumkin.

Grantning maksimal miqdori 10 000 AQSh dollari miqdorida belgilangan. Grant o’z ichiga yo’l, hujjatlarni to’plash, texnik qurilmalarni ijaraga olish kabi xarajatlarni ham qoplaydi.

Mazkur grant yordamida o’z jurnalistik surishtiruvlarini olib borgan reportyorlar esa surishtiruvlarini yana davom ettirish uchun 2 500 AQSh dollarigacha bo’lgan miqdorda grant uchun ariza topshirishlari mumkin.

Dasturga ariza topshirishning so’nggi muddati: 2023-yil 30-yanvar.

Dastur haqida batafsil: https://fij.org/call-for-proposals-deadline-jan-30/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen − fifteen =