KAFEDRALARGA PROFESSORLAR NOMI BERILDI

11.03.2024

Andijon davlat chet tillari instituti rektori tashabbusi bilan institutdagi 2 ta kafedraga shu kafedralarda uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan, institut rivoji yo’lida tinimsiz mehnat qilgan, minglab shogirdlarni jamiyatga qo’shgan professorlar nomi berildi.

Xususan, Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasiga filologiya fanlari doktori, professor M.E.Umarxo’jayev nomi berildi.

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliyoti kafedrasiga filologiya fanlari doktori, professor G.M.Xoshimov nomi berildi.