«KITOBXON YOSHLAR» ONLAYN TANLOVIDA ISHTIROK ETING

08.01.2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.

Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomi bilan tanishish

“Kitobxon yoshlar” tanlovida vazifa qilib berilgan kitoblarning elektron variantlari:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × five =