“KOMPYUTER LINGVISTIKASI: MUAMMO VA YЕCHIMLAR” MAVZUSIDA AN’ANAVIY XALQARO ILMIY-AMALIY ONLAYN KONFERENSIYASI OʻTKAZILADI

26.04.2023

2023-yilning 23-may kuni IT-park va IT-park rezidenti “Univer-Class System” kompaniyasi tomonidan, shuningdek, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti, Rossiya Federatsiyasining Janubiy Federal universiteti, Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti, Adigey davlat universiteti, OʻzDJTU huzuridagi “Oʻzbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-elektron jurnali va Internet portali hamkorligida “Kompyuter lingvistikasi: muammo va yеchimlar” mavzusidagi an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi oʻtkaziladi.

Quyidagi shoʻbalar boʻyicha ilmiy tezislar qabul qilinadi:

1. Korpus texnologiyasi.

2. Kompyuter resurslari, ontologiyalar, tezauruslar va lugʻatlar.

3. Matnga morfologik, sintaktik va semantik ishlov berish texnologiyalari.

4. Intellektual tizimlar, amaliy kompyuter lingvistikasi va mashina tarjima tizimlari.

5. Nutq signallari va tasvirlarga ishlov berish hamda kompyuter dasturiy ta’minoti muammo va yechimlari.

Konferensiya ishchi tillari: oʻzbek, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, turk tillari.Konferensiyani oʻtkazish tartibi: ushbu onlayn konferensiya joriy yilning 23-may kuni soat 11.00da ZOOM dasturida oʻtkaziladi.

Konferensiya haqida batafsil tanishish uchun axborot xati:

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 × five =