KOREYANING SONGSIL UNIVERSITETI PREZIDENTI O’ZDJTUGA TASHRIF ETDI

28.09.2023

2023-yil 28-sentabr kuni Koreya Respublikasining Soongsil universiteti prezidenti Beom Sik Jang va Xalqaro hamkorlik boʻyicha Vitse-prezidenti Ju-Young Park bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda taʼlim muassasamizda koreys tilini oʻqitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator takliflarni ilgari surdi.  

Janob Jang Oʻzbekistondagi ishonchli hamkor sifatida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan oʻqituvchi va talabalar almashinuvi, 2+2 yoki 3+1 formatdagi qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

Ma’limot uchun: 1897-yilda tashkil etilgan Soonsil universiteti Koreyadagi eng qadimiy va nufuzli universitet boʻlib, hozirgi kunda ushbu universitetda 19 000 nafar talaba, jumladan 2 000 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda. Universitet xalqaro reytinglarda yuqori oʻrinlarni egallab, jahonning 300ga yaqin oliygohlari bilan hamkorlik qiladi, IT sohasidagi yetakchi kompaniyalar boʻlgan Samsung. LG va Google kompaniyalari uchun malakali mutaxassislarni yetkazib beradi. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 2 =