LONDONDA “O‘ZBEKISTON MADANIYATI FESTIVALI” BO’LIB O’TADI

13.06.2023

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlash, turizm va madaniyat almashinuvini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vazirligi,  “Oshpaz” Jamoasi, Buyuk Britaniyadagi O‘zbekiston Elchixonasi bilan birgalikda, joriy yilning 17-18-iyun kunlari Yevropada ilk bor, keng miqyosda “O‘zbekiston madaniyati festivali” va mazkur Festival doirasida “O‘zbekiston madaniyati kunlari» o‘tkaziladi.

Festival O‘zbek san’ati, madaniyati, an’analari bilan yaqindan tanishtirish, qadriyatlarimizni keng targ’ib qilish, o‘zaro diplomatik aloqalarda mustahkamlik o‘rnatish hamda tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbir Londonning ramzi bo‘lmish “Tower Bridge” yonida, ya’ni Temza daryosi bo‘yidagi “Potters Fields” bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

nineteen − seven =