MALAYZIYANING INTI UNIVERSITETI BILAN ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

29.04.2024

2024- yilninig 29- aprel kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Malayziyaning INTI universiteti rektori professor Jozef Li rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida TDSHU va INTI universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.