“MARKAZIY OSIYO OLIY TA’LIM XABI SIFATIDA” MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYASI BO’LIB OTMOQDA

07.07.2023

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan globallashuv sharoitida oliy ta’lim malakalarini tan olishning xalqaro mexanizmlari, O‘zbekistonda oliy ta’lim transformatsiyasi masalalari muhokama qilinmoqda. Muvaffaqiyatli transmilliy ta’lim xablarini shakllantirish bo‘yicha fikr almashish jarayonida Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi.

– Globallashuv davri bizdan oliy taʼlim tizimini qurish uchun tubdan yangi yondashuvlarni talab qiladi. Jahon taʼlim makonida aniq oʻrin egallash uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarining milliy taʼlim tizimlari dunyoda roʻy berayotgan oʻzgarishlar va rivojlanish jarayonlariga moslashishi muhim ahamiyat kasb etadi.
– Soʻnggi yillarda taʼlim sifati va oliy taʼlimga qamrovini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi besh yil ichida 100 dan ortiq yangi universitetlar tashkil etildi.

YUNESKOning Bangkokdagi mintaqaviy ofisi direktori Libing Vang:

– Bugungi kunda oliy taʼlimning inklyuzivligini rivojlantirish muhimdir. Сovid pandemiyasi barqaror rivojlanishda taʼlimning roli qanchalik muhimligini yana bir bor namoyon etdi. Oliy taʼlim qashshoqlik, gender tengsizligi kabi muammolarni hal qilishga yordam beradi, universitetlar jamiyat farovonligida faol ishtirok etadi.

Denise Waddingham, Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi direktori:

– Britaniya kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan yangi yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻygan, xususan universitetlarni boshqarish, taʼlim sifatini taʼminlash va inklyuziya. Shuningdek, Oʻzbekistonda transmilliy taʼlimni qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilayotgani quvonarlidir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

9 + nineteen =