MEDIATA’LIM VA MEDIASAVODXONLIK: JARAYON VA NATIJA

22.09.2023

Zamonaviy dunyoda, texnologiyalar rivojlanib, har kuni bu borada ilg‘or yangiliklar bo‘layotgan davrda axborotning tarqalish tezligi ba’zan yorug‘lik tezligi bilan tenglashishi mumkin. Uzluksiz teletranslyatsiya, radioeshittirish, vloglar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta va boshqalar shular jumlasidandir.

Bunday katta hajmdagi ma’lumotlarni qanday tushunish va ularni qanday qilib to‘g‘ri tahlil qilish hamda idrok etishni o‘rganish uchun “mediasavodxonlik” va “mediata’lim” tushunchalari mavjud. Ushbu tushunchalar bir qarashda juda murakkabdek ko‘rinadi va aksariyat hollarda bir-biri bilan chalkashtirib yuboriladi. Keling, “mediasavodxonlik” va “mediata’lim” tushunchalarini bir-biridan farqlaylik.

Mediasavodxonlik, XXI asrdagi ko‘nikmalardan biri bo‘lib, klassik savodxonlikdan (asosiy o‘qish va yozish qobiliyatlari) raqamli yoki axborot savodxonligiga va natijada medianing savodxonligi yoki media kompetensiyaga o‘tadigan evolyutsiya jarayonida paydo bo‘ldi.

Mediata’lim — pedagogik nazariya va amaliyotda o‘ziga xos, alohida bilim sohasining bir qismi sifatida qaraladigan zamonaviy ommaviy axborot vositalarini o‘zlashtirish uchun nazariy va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish; bu, masalan, matematika, fizika yoki geografiya kabi boshqa bilim sohalarini o‘qitishda ommaviy axborot vositalaridan yordamchi vosita sifatida foydalanishdan farq qilishi kerak.

Shunday qilib, mediata’lim bu — ommaviy axborot vositalarini o‘rganish va o‘rgatish jarayoni, mediasavodxonlik esa talabalar tomonidan olingan bilim va ko‘nikmalar yig‘indisi, ya’ni bu jarayonning natijasidir.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 5 =