“MENING MAHALLAM-MENING GʻURURIM!” TANLOVI E’LON QILINDI

10.01.2023

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun «Mening mahallam-mening gʻururim!» videoroliklar tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlovda  mahallangizdagi tarixiy va diqqatga sazovor joylar yoki goʻzal tabiati haqidagi  videorolik bilan ishtirok etishingiz mumkin. Tanlovda  taqdim etiladigan ishlar ishtirokchining oʻzi tomonidan tayyorlangan boʻlishi lozim.

9-20-yanvar kunlari fakultet bosqichi boʻlib oʻtadi bunda ijodiy ishlar ishtirokchi tahsil olayotgan  fakultet telegram kanalida yoritiladi va eng koʻp ovoz toʻplagan 5 ta eng yaxshi videorolik yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari tomonidan universitet bosqichiga taqdim etiladi va 20-25-yanvar kunlari  universitetning telegram kanallarida eʼlon qilinadi hamda ushbu vaqt davomida eng koʻp ovoz toʻplagan 3 nafar ishtirokchi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlov boʻyicha fakultet yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari va tyutoringizga murojaat qilishingiz mumkin.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 7 =