«MOBIL VIDEO» TRENINGIDA ISHTIROK ETISH UCHUN TANLOV

07.12.2019

Xalqaro nodavlat tashkiloti Internews Network o’zbekistonlik professional va havaskor jurnalistlar hamda blogerlar uchun Qozog’istonning Olmaota shahrida trening tashkil etmoqda.

Treningda qatnashish uchun arizalar topshirishning so’nggi muddati: 15-dekabr 2019-yil.

Mavzu: «Mobil qurilmalarda videoreportajlar tayyorlash va ularni montaj qilish».

Treningning maqsadi mobil qurilmalar yordamida intervyular, qisqa xabarlar va subtitrli videolarni o’z ichiga olgan videomateriallarni professional tarzda tayyorlash va montaj qilishni o’rgatishdir. Ishtirokchilar nafaqat nazariy materiallarni, balki murabbiy rahbarligida amaliy topshiriqlarni ham bajaradilar.

Trening tili rus tilidir. Zarur bo’lganda o’zbek tilidan ham foydalanilishi mumkin.

Internews yo’l, mehmonxona, turar-joy va oziq-ovqat xarajatlarini barchasini qoplaydi.

Treningda qatnashishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali onlayn ariza to’ldirishlari lozim: https://forms.gle/KoDMxXSFPejEmPMs9. Treningga smartfon, mikrofon, mobil qurilmalar uchun tripod (agar mavjud bo’lsa) olib kelish kerak bo’ladi.

Trening haqida savollarga quyidagi elektron manzil orqali javob olishingiz mumkin:  kz-info@internews.org.

Loyiha Markaziy Osiyo MediaCAMP dasturi doirasida AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ko’magida amalga oshirilmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

11 + one =