NAMANGAN DAVLAT CHET TILLAR INSTITUTI REKTORI TAYINLANDI

05.09.2023

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-sentabrdagi 446-son qarori bilan Karimov Rivojiddin G‘ulomjonovich Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillar instituti rektori etib tayinlandi.

Rivojiddin Karimov 1977-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan.

R. Karimov 1999-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini bakalavr, 2006-yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan. Mutaxassisligi – lingvistika (ingliz tili). Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

U o‘z mehnat faoliyatini 2006-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xodimlar bo‘limi katta nazoratchisi sifatida boshlab, katta o‘qituvchi, kafedra mudiri, dekan muovini, Chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi direktori lavozimlarida ishlagan.

R.G.Karimov ingliz va o‘zbek tillaridagi yozishmalar xususiyatiga oid 25 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjimonlik fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Nozim Salim
    #1 Nozim Salim 17 Sentabr, 2023, 20:27

    I would like to congratulate the new manager on his appointment

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three + two =