NAMANGAN-XITOY INVESTITSION FORUMIDA JAHON TILLARI FAKULTETI TALABALARI TARJIMONLIK QILDI

21.04.2024

Namangan shahridagi “Ma’rifat markazi”da “Namangan – Xitoy” formatidagi “Investisiya va biznes forumi” o’tkazildi.

Xitoylik mehmonlarga viloyatdagi kichik sanoat zonalarida mavjud imkoniyatlar taqdimot qilindi.

Forum tadbirlari davomida O‘zbek hamda Xitoy xalqlarining kuy-qo‘shiqlari namoyishi bo’lib o’tdi.

Forumda Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Jahon tillari fakulteti talabalari Namangan-Xitoy xalqaro investitsion forumidagi Xitoylik mehmonlarga tarjimonlik qildi.