NAVBATDAGI “VINOGRADOV O’QISHLARI” KONFERENSIYASI ISH BOSHLADI

22.05.2019

Bugun, 22-may kuni Toshkentda har yili o’tkaziladigan XV «Vinogradov o’qishlari» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’z ishini boshladi.

Tadbir O’zbekiston Respublikasidagi “Rossotrudnichestvo” vakolatxonasi, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda rus tili va adabiyoti o’qituvchilarining Toshkent uyushmasi (TOPRIAL) tomonidan tashkil etildi.

Konferensiyada Rossiya oliy o’quv yurtlari vakillari, filologiya sohasidagi yetakchi olimlar, xususan, N.Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat tilshunoslik universiteti, Ural davlat iqtisodiyot universiteti, B.B.Gorodovikov nomidagi Qalmiq davlat universiteti va Rossiyaning boshqa ko’plab nufuzli universiteti vakillari ishtirok etmoqda.

Forumda ishtirok etish uchun respublikaning barcha yetakchi OTMlarining rus tili o’qituvchilari taklif etildi. Shuningdek, forumda maktab, litsey va kollej o’qituvchilari, shoirlar, ijodiy ziyolilar, jurnalistlar ishtirok etmoqda.

Siyosat fanlari doktori, professor Kolobova S.A nutqi ( N.Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod davlat tilshunoslik universiteti )

Konferensiya davom etmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − 14 =