O‘ZBEKISTONLIK O‘QUVCHI “HIPPO 2019” XALQARO INGLIZ TILI OLIMPIADASI G‘OLIBI BO‘LDI

17.05.2019

Yevropa, Osiyo, O‘rta sharq hamda boshqa bir nechta davlatlarga mashhur bo‘lgan “HIPPO” xalqaro ingliz tili olimpiadasida bir qancha o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari ham ishtirok etdi. Olimpiada uch – saralash, yarim va final bosqichlari ketma-ket ravishda har bir davlatning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Yarim final bosqichidan saralangan kuchli ishtirokchilar joriy yilning 11-12-may kunlari Italiyaning Lido De Jesolo, Venetsiya shahrida bo‘lib o‘tgan olimpiadaning final bosqichida qatnashdi.

Shu jarayonda O‘zbekistondan ham 2 nafar o‘quvchi “HIPPO” birinchi darajasida “Wunderkind Study” maktabining beshinchi sinf o‘quvchisi Rustam Muhammadjonov hamda “HIPPO” ikkinchi darajasida “Lider Ta’lim” maktabining 6-sinf o‘quvchisi Ramiz Zohrabov final bosqichida ishtirok etishdi.

Ushbu olimpiadada jami 40 ta davlatdan 36 mingta ishtirokchi qatnashib, shundan 32 ta davlat final bosqichida Italiya davlatiga ingliz tili fanidan bellashish uchun borishdi.

32 davlat o‘rtasida bo‘lib o‘tgan final bosqichida “Wunderkind Study” maktabining 5-sinf o‘quvchisi Rustam Muhammadjonov eng yuqori ball 101 ko‘rsatkich bilan birinchi o‘rinni egalladi va Amerikaning Mizzou Academy maktabida 2 haftalik bepul ta’lim olish va xalqaro ingliz tili tashkilotlari Pearson, IESOL tomonidan bir qancha sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Ramiz Zohrabov garchi sovrinli o‘rin egallay olmagan bo‘lsada, lekin yuqori ball 85 ko‘rsatkich bilan tengdoshlari orasida vatanimiz sharafining yuksalishiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Manba: www.human.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 + 15 =