OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI YAPONIYANING TSUKUBA UNIVERSITETIGA TASHRIF BUYURDI

29.09.2023

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov 1-3-oktyabr kunlari Yaponiyaning Kioto shahrida boʻlib oʻtadigan “Fan va texnologiyalar vazirlarining davra suhbati” hamda “Jamiyatda fan va texnologiyalar” forumida ishtirok etish uchun Yaponiyaga yetib keldi.

I. Abdurahmonov tashrifini Tsukuba universiteti dasturlari bilan tanishishni  boshladi. Tsukuba universiteti Top Global University Project loyihasi doirasida Yaponiya hukumati tomonidan eng yaxshi toʻqqizta oliygohlar qatoriga kiritilgan.

Vazir I. Abdurahmonov Tsukuba universiteti rektori Kyosuke Nagata bilan uchrashdi. Uchrashuvda tadqiqotchilar almashinuvi, oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari malakasini oshirish, qoʻshma ilmiy dasturlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. 

I. Abdurahmonov  mazkur universitetning Markaziy Osiyo inson resurslarini rivojlantirish markazida tahsil olayotgan talabalar bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomida vazir universitet professorlari va talabalariga oliy taʼlim sohasidagi  islohotlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan NIPCA dasturi borasida fikr almashildi.

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight + two =