OLJAS SULEYMENOVNING «AZ VA YA» (АЗ И Я) ASARI (SARKASHLIK GENI VA ODILLIK GENI. MAXANBET DJUSUPOV MAQOLASI

13.04.2020

Filologiya fanlari doktori, professor Maxanbet Djusupovning yangi maqolasi bilan tanishing.

Maoqla annotatsiyasi. Mazkur maqolada shoir, tarixchi, faylasuf, diplomat, insonshunos — Oljas Omarovich Suleymenov qalamiga mansub “Аz i Ya” (“Аz va Ya”) kitobining ayrim jihatlari tahlili va tavsifiga bagʼishlanadi. Unda kitob yuzasidan olib borilgan soʼnggi ilmiy mushohadalar, uning mazmuniga oid nashr qilingan ishlar, shuningdek, tadqiqotchi tomonidan rasmiy ilm-fanga bogʼliq boʼlmagan lisoniy, nazmiy, tarixiy hamda falsafiy planda bajarilgan, mafkuraviy tobelikdan xoli asar sifatida uning tilshunoslikka oid va tarixiy qimmati toʼgʼrisidagi materialdan foydalanilgan.

Kitob 1975 yil Olmaotada chop qilingan. Nashrdan soʼng esa taqiqlab qoʼyilgan hamda kutubxonalardan olib tashlangan. Muallif millatchilik va panturkistlikda ayblangan.

Qadimgi slavyan tilidagi buyuk yozma yodgorlik «Слово о полку Игореве» («Слово») tarkibida mavjud slavyan-turk yoki turk-slavyan komponentlari rasmiy tan olinmas, yaʼni inkor qilinardi, zero slavyanlar va turkiy qipchoqlarning oʼzaro yaqin aloqasi tarixda barchaga maʼlum fakt hisoblanishiga qaramay, unda turkiy soʼzlar yoʼq yoki boʼlishi mumkin emas deb hisoblanardi.

Shuningdek, “Igorь polki haqida soʼz” asari yaratilish davrida slavyan-turk va turk-slavyan ikki tilliligining mavjud boʼlganligi ham sir emas edi. Maqolada O.O.Suleymenovning mazkur yodgorlikda turkiy leksikaning mavjudligi va uning mazkur poemaga oʼziga xos kolorit bagʼishlashi toʼgʼrisidagi ilmiy talqinlari masalalari boʼyicha soʼnggi oʼn yillikda nashr qilingan tadqiqotchilar ishlari tahlili va tavsifi amalga oshirilgan. Kitob sarkashlik geni va odillik genini dunyoga keltirdi: asar yozilishi, chop etilishi va muhokama qilinishi davridagi mafkuraviy hukumat hamda rasmiy ilm-fan doirasidagi haqiqiy mafkuraviy va ilmiy-tarixiy vaziyatni aks ettiradi.

To’liq maqola matni bilan bizning ilmiy onlayn jurnalimiz orqali tanishing: journal.fledu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − 12 =