“OSIYO-TINCH OKEANI MINTAQASIDA TA’LIM TRANSFORMATSIYASI” MAVZUSIDA MINTAQAVIY UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

17.06.2023

Joriy yil 12–14-iyun kunlari Indoneziyaning Bali shahrida YUNESKO tashkilotining “Osiyo-Tinch okeani mintaqasida ta’lim transformatsiyasi” (Asia-Pasific Regional Meeting) mavzusida mintaqaviy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda mintaqadagi yigirmaga yaqin davlatdan soha mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etib, mamlakatimizdan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’uli Ulug‘bek Abdullayev qatnashdi.

Tadbirning ilk kunida qatnashchilar “Barqaror rivojlanish uchun Ta’lim–2030 dasturi” doirasida olib borilayotgan islohotlar va ularning amalga oshirilishi, yanada jadallashtirish yuzasidan mavjud holat, kutilayotgan ishlar bilan o‘rtoqlashib, fikr almashdilar.

Dasturning 5 ta ustuvor faoliyat sohasi: siyosat, ta’lim muhiti transformatsiyasi, ta’lim beruvchilarga sharoit yaratish va ularning malakasini oshirish, yoshlarni safarbar qilish va o‘stirish, mahalliy islohotlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × three =