“OSIYO UNIVERSITETLARI REYTINGI 2023” NATIJALARI E’LON QILINDI

23.06.2023

“Asia University Rankings 2023” reytingi ro‘yxatiga 32 ta OTM “Reportyor” maqomida kiritildi.

2023-yil 22-iyun kuni Xitoyning Gonkong universitetida tashkil etilgan “Times Higher Education Asia Universities Summit” doirasida Times Higher Education agentligining “Asia University Rankings 2023” (“Osiyo universitetlari reytingi – 2023”) natijalari e’lon qilindi.

Mazkur reytingda respublikamizning 32 ta oliy ta’lim muassasasi “Reportyor” maqomida qayd qilindi.

“Asia University Rankings 2023” reytingida mintaqaning 31 ta davlatdan 669 ta oliy ta’lim muassasasi qayd qilingan bo‘lib, ularning faoliyati 13 ta indikator asosida baholangan.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda ushbu reytingdan mamlakatimizning 10 ta oliy ta’lim muassasasi “Reportyor” maqomida qayd qilingan edi.

www.edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + eleven =