“OXFORD UNIVERSITY PRESS” NING ROSSIYA VA MDH DAVLATLARI MENEJERI O’zDJTUDA SEMINAR-TRENING TASHKIL QILDI

31.10.2019

Joriy yilning 30-oktabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga “Oxford University Press” ning Rossiya va MDH davlatlari menejeri Marcin Dembowski hamda «E-LINE PRESS» kompaniyasining xalqaro nashriyotlar bilan ishlash bo’limi menejeri Yuliya Eshmetova tashrif buyurdi.

Mehmonlar O’zDJTU rektori G’anisher Raximov boshchiligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi. Rasmiy uchrashuv davomida tomonlar ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Oxford University Press ma’lumotlar bazasiga a’zo bo’lish kabi masalalarda muhokama olib bordilar.

Uchrashuvdan so’ng “Oxford University Press” ning Rossiya va MDH davlatlari menejeri Marcin Dembowski «Oksford universitetining ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va jamoat kutubxonalari uchun elektron resurslari» mavzusida professor-o’qituvchilar, doktorantlar, magistrant va talabalarga taqdimot qildi. Shuningdek, u «Ilmiy jurnalda maqolangizni qanday nashr qilish mumkin?» mavzusida yig’ilganlarga seminar-trening tashkil qildi. Seminar davomida Marcin Dembowski ilmiy maqola xususiyatlari, ilmiy jurnallarda nashr qilish imkoniyatlari xususida o’z fikrlarini bayon etdi.

Taqdimot faylini yuklab olish havolasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

three × two =