O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI AXBOROT XIZMATI RAHBARI BOLGARIYA KINOFESTIVALIDA GRAN-PRI SOHIBIGA AYLANDI

15.09.2023

Bolgariya Respublikasi poytaxti Sofiya shahrida Bolgariya kino akademiyasi va internet kommunikatsiya agentligi tomonidan o‘tkazilgan XI Xalqaro “Slavyan ertagi” kinofestivalida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbektelefilm” davlat muassasasi ham munosib ishtirok etdi. Mazkur tashkilot tomonidan suratga olingan “Dilozor” seriali rejissorlari Otabek Ibragimov hamda Aziz Mardonov festivalda rejissorlik ishi bo‘yicha Gran-priga loyiq ko‘rildi.

Serialda mashhur aktyor-aktrisalardan Asal Shodiyeva, Durdona Qurbonova, Feruza Yusupova, Shohrux Hamdamov hamda elimiz suygan xalq artistlari mahorat bilan rol ijro etgan. Serial sahnalarining aksariyati O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tasvirga tushirilgan.

Ta’kidlash joiz, suratga olish jarayonlarida rejissorlik ishlarini amalga oshirgan Otabek Ibragimov O‘zDJTU Axborot xizmati rahbari hisoblanadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

13 + seventeen =