O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI QAYTA TAYYORLOV KURSLARINI TASHKIL EMOQDA

25.04.2024

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini ma’lum qiladi.

Talabgorlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kurslarda tahsil olishlari mumkin:

🔹 Chet tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha:

  • til mutaxassislari uchun 4 oylik (576 soat);
  • nomutaxassislar uchun 8 oylik (1152 soat);

🔹 Rus tili bo‘yicha qayta tayyorlov kurslari 5 oylik (720 soat);

Mazkur kurslar OTMni tamomlaganlar uchun bo‘lib, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda dars berish imkonini beradi. Kurslarni tugatgandan so‘ng chet tillari o’qituvchisi sifatida dars berish huquqini beruvchi diplom beriladi.

🔹 Gid-tarjimonlarni qayta tayyorlash kursi 5 oylik (630 soat);

Kurslarni tugatgandan so‘ng sertifikat beriladi hamda gid-tarjimon davlat reyestriga kiritiladi.

🔹 Aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) boshlang’ich kursi – 1 oylik.

Boshlanish sanasi: 2024-yil 1-may

Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning: @Jahon_tillari_malaka_oshirish

Telefon: +998 90-336-56-01

Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li G9A mavzesi 21-uy,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 + 15 =