O’ZBEKISTON JURNALISTLARI UCHUN IMKONIYAT: DATA-JURNALISTIKA BO’YICHA STIPENDIYA DASTURI

23.01.2020

Agar siz jurnalist, aloqa bo’yicha mutaxassis, dizayner yoki dasturchi bo’lsangiz va sizda ma’lumotlar bilan ishlash tajribasi mavjud bo’lsa, “ForSet” – data-jurnalistika kursida qatnashish imkoniga ega bo’lasiz.

ForSet Data Communication Fellowship dasturi 2 bosqichdan iborat:

  • Tbilisida uch haftalik trening;  
  • onlayn mentorlik dasturi.

Ishtirokchilar ma’lumotlar yig’ish va tahlil qilish, ma’lumotlarga asoslangan storitelling, vizualizatsiya, forset asosidagi hikoyalarni ishlab chiqish, yozish va nashr qilish bo’yicha ko’nikmalarini rivojlantiradilar.

Talablar:

  • data-jurnalistika bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lish;
  • ingliz tilini yaxshi bilish;
  • mart oyida Tbilisida uch haftalik treningda qatnasha olish;
  • onlayn mentorlik dasturida ishtirok etish.

Dastur qisman va to’liq moliyalashtirishni taklif etadi:

  • to’liq moliyalashtirilgan ikkita stipendiya (ikki tomonlama chipta va Tbilisida yashash xarajatlarini qoplash uchun stipendiya);   
  • to’rtta qisman moliyalashtiriladigan stipendiya (faqat chiptani sotib olish bilan qoplangan).                                                 

Arizalarni qabul qilishning so’nggi muddati: 31-yanvar.

Arizani havola orqali to’ldirishingiz mumkin.

Dastur haqida batafsil ma’lumot uchun: https://forset.ge/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

15 + 9 =