O‘ZBEKISTON OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRI TOJIKISTON TA’LIM VA FAN VAZIRI BILAN MUZOKARA O‘TKAZDI

15.04.2024

Xalqaro anjuman oldidan O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Tojikiston Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda bilan muzokara o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi yetakchilari oxirgi yillarda oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlik aloqalari kengayotganini e’tirof etib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, tomonlar bugungi forum kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha fikr almashib, unda muhim kelishuvlarga erishishga ishonch bildirishdi.


edu.uz