O‘ZBEKISTON-TOJIKISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARINING NAVBATDAGI FORUMI OʻTKAZILADI

13.04.2024

Xalqaro forum 15-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etiladi. “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda ikki davlatning 100 ga yaqin oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etadi.

Forum yakunida 20 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va “Yo‘l xarita”lari imzolanishi kutilmoqda.

Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

eight + eighteen =